Milliy terma jamoamiz ayni paytda Ektor Kuper boshchiligida qizgʻin ish jarayonida desak adashmaymiz. Suriyaga qarshi bellashuvda yigitlarimizning hatti-harakatlari yomon koʻrinmadi. Masalan, Sardor Rashidovning shu kuni koʻrsatgan oʻyini koʻpchilikka manzur boʻldi. Bungacha terma jamoadagi oʻyinlari orqali tanqidlarga uchragan iqtidorli futbolchi endilikda Kuper boshchiligida oʻzining yangi qirralarini ochadiganga oʻxshayapti. Biz Suriyaga qarshi uchrashuvdan keyin Rashidov bilan suhbatda boʻldik.
Iqtidorli futbolchi suhbat davomida argentinalik mutaxassis haqida ham oʻz fikrini bildirib oʻtdi.
- Milliy terma jamoamiz Ektor Kuper bosh murabbiyligi ostidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. Mazkur bellashuv sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Suriyaga qarshi oson oʻyin boʻlgani yoʻq. Oʻylaymanki, yangi murabbiy boshchiligidagi birinchi oʻyinimizni yaxshi oʻtkazdik. Lekin hozircha Kuperning taktikalariga hamma 100 foiz moslashib keta olmadi. Ammo keyingi uchrashuvlarda biz uning uslublarini yanada yaxshiroq tushuna boshlaymiz va oʻyindan-oʻyinga kuchayib boramiz. Ishonamanki, vaqt oʻtgani sari terma jamoamizning oʻyinini shakllantirib boramiz. Buning ustiga Suriyaga qarshi Ektor Kuper yaxshi taktikani qoʻlladi va maydonda uni bajarishga harakat qildik. Nasib qilsa, Eronga qarshi uchrashuvda ham yaxshi oʻyin koʻrsatib muxlislarimizni xursand qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin