09:28 / 13.09.2018
4 423

Oʻzbekiston MTJ yil oxirigacha yana beshta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi

Oʻzbekiston MTJ yil oxirigacha yana beshta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi
Kuni kecha Oʻzbekiston terma jamoasi Eron termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu oʻyinda minimal hisobda magʻlub boʻldi.

Oʻzbekiston oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda yana ikkita – Shimoliy Koreya (13 oktyabr) va Qatar (16 oktyabr) termalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishidan xabaringiz bor.

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi kanalida maʼlum qilishicha, terma jamoamiz bu oʻyinlardan tashqari yil oxirigacha yana uchta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

Manbada taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston termasi bu yil hisobidan umumiy 11ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Oʻzbekiston MTJ shu kunga qadar 6ta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgani va yana ikkita uchrashuv oʻtkazishi aniqligini inobatga olsak, Osiyo Kubogiga qadar yana uchta oʻyin oʻtkazilishi maʼlum boʻlmoqda.

Avvalroq, OʻFA rasmiy saytida noyabr oyidagi FIFA kunlarida oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazish boʻyicha bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingandi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston MTJ yil oxirigacha yana beshta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi