11:25 / 13.09.2018
4 580

Temur Kapadze qayerda?

Temur Kapadze qayerda?
Erondan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng, bir savol oʻylantirib qoʻydi, Temur Kapadze ayni damda qayerda? Vaqtincha bosh murabbiy vazifasida ishlagan Kapadze keyinchalik koʻrinmay qoldi. Mutasaddilarni rejasiga koʻra, futbolimiz yetakchisi bosh murabbiy kelgandan soʻng, unga yordamchi boʻlishi kerak edi va bu barchaga birdek maʼqul kelayotgan edi.

Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi ish boshlaganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq, lekin murabbiylar tarkibida Kapadze koʻrinmadi? Erondan yana magʻlubiyatni qabul qilib oldik, agar tarkibda Kapadze boʻlganida balkim boshqacha boʻlishi mumkin edi!

Har qalay oʻzbek futboli va uning aslida nimalarga qodirligini Kapadze hammadan koʻra yaxshiroq bilar edi. Ayniqsa, oʻyinchilar borasidagi qimmatli fikrlari Kuper janoblariga asqotishi mumkin edi.

Oʻzbekiston – Eron uchrashuvini koʻrib shunga amin boʻldikki, aynan Kapadze murabbiylar shtabiga kerak ekan, aks holda, biz yana Sergeyevni tarkibda koʻraveramiz shekilli!

Oʻylaymizki bu borada mutasaddilar bir toʻxtamga kelishadi.
VASIYEV Xayrullo

Manba: uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze qayerda?