22:11 / 13.09.2018
3 542

“Qoʻqon-1912” oʻz maydonida “Nasaf” bilan durang oʻynadi

“Qoʻqon-1912” oʻz maydonida “Nasaf” bilan durang oʻynadi
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” - “Nasaf” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan oʻyinda durang natija qayd etildi.

Oʻyin debyutida mehmonlar oldinga chiqib olishlari mumkin edi, biroq Bobur Davlatov penaltidan darvozani ishgʻol qilolmadi.

Ikkinchi boʻlimni ikki jamoa ham faol boshlashdi. 63-daqiqada Javohir Siddiqov jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Bobir Abduholiqov muvozanatni tiklashga erishdi.

Shu bilan oʻyin soʻnggiga qadar hisob oʻzgarmadi. Ushbu oʻyinni matnli translyatsiyasi bilan ushbu havolada tanishing.

Superliga 23-tur

“Qoʻqon-1912” - “Nasaf” 1:1 (0:0, 1:1)
Gol:
1:0 - 63 Siddiqov, 1:1 - 70 Abduholiqov.

“Qoʻqon-1912”: 1.Oʻtkir Yusupov, 5.Gʻiyosjon Komilov, 10.Javohir Siddiqov, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Roʻziyev, 19.Suhrob Berdiyev (96.Muhammadanas Hasanov, 84), 23.Aleksandr Merzlyakov (s), 55.Darko Gojkovich, 65.Marko Milich, 70.Jasurbek Hakimov (4.Bahodir Akramov, 87), 79.Iqboljon Malikjonov (9.Nosirbek Otqoʻziyev, 84).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Amirjon Safarov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev, 18.Bobir Davlatov (27.Islom Rashidxonov, 81), 31.Saydullo Rahmatov, (15.Dilshod Saitov, 72) 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Abdullayev (24), Narzullayev (35), Malikjonov (77), Komilov (84).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qoʻqon-1912” oʻz maydonida “Nasaf” bilan durang oʻynadi