22:22 / 13.09.2018
3 918

Roʻziqul Berdiyev: “Qoʻqonda hamisha shunday qiziq oʻyin boʻladi”

Рўзиқул Бердиев: "Қўқонда ҳамиша шундай қизиқ ўйин бўлади"
“Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev Superliga 23-turi doirasida kechgan “Qoʻqon-1912”ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bugun ochiq oʻyin boʻldi. Har ikki jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar koʻp boʻldi. Bugungi rejamiz asosan himoyaga eʼtibor qilib, qarshi hujumda oʻynash edi. Penalti boʻlgan vaziyat ham qarshi hujum mevasi edi. Soʻnggi daqiqalarda Sharof Muhiddinov vaziyatdan foydalanganda gʻalaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Bobur Davlatov penaltini aniq amalga oshira olmagan boʻlsa-da, bugun yaxshi oʻynadi. Lekin uning salohiyati yuqori. Oʻyindan oldingi mashgʻulotlarda Bobur Davlatov penaltilarni yaxshi tepgani bois bugun unga ishonch bildirgandik. Lekin bu safar uning omadi kelmadi. Yana shuni qoʻshimcha qilish mumkinki, “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan hamisha oʻyinlarimiz ochiq va qiziqarli boʻladi. Har ikki jamoa hujumkor oʻyin koʻrsatadi. Menimcha oʻyin muxlislarga manzur boʻldi", - deydi mutaxassis.

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roʻziqul Berdiyev: “Qoʻqonda hamisha shunday qiziq oʻyin boʻladi”