22:12 / 14.09.2018
3 460

Superliga. “Navbahor” va “Paxtakor” uchrashuvida jangovar durang qayd etildi (3:3)

Суперлига. "Навбаҳор" ва "Пахтакор" учрашувида жанговар дуранг қайд этилди (3:3)
Superliganing 23-turidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Ayubxon Noʻʼmonov hisobni ochdi - 1:0. 48-daqiqada Masharipovning burchakdan oshirgan toʻpini Dragan boshi bilan darvozaga yoʻlladi va toʻp toʻsinga tegib darvoza ichiga tushdi - 1:1.

Oʻyinning 71-daqiqasida Golban toʻpni qoʻli bilan oʻynagani sababli penalti belgilandi. Ismoil Gonsalvesh 11 metrli jarima toʻpidan gol urdi - 1:2.

Uchrashuvning 76-daqiqasida Turgʻunboyev jarimadan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga yoʻlladi - 2:2. 80-daqiqada Bezerra oshirgan toʻpni Sayfiyev yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi - 2:3. Oʻyinning 89-daqiqasida burchakdan oshirilgan toʻpni Igor Golban boshi bilan darvozaga yoʻlladi - 3:3.

Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi.

“Navbahor” – “Paxtakor” 3:3

Gollar: Ayubxon Noʻʼmonov 40, - 1:0. Dragan Cheran 48, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov). Ismoil Gonsalvesh 72 penalti, - 1:2. Azizbek Turgʻunboyev 76, - 2:2. Farrux Sayfiyev 80, - 2:3 (Tiago Bezerra). Igor Golban 90, - 3:3 (Sherzod Karimov).

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.Sherzod Karimov, 10.Azizbek Turgʻunboyev, 8.Ayubxon Noʻʼmonov, 9.Dilshod Jabborov (14.Ilhom Boydedayev, 83), 19.Mirzohid Gʻofurov, 21.Aʼzam Aliyev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach (15.Azamat Allaniyozov, 90+2), 44.Darko Stanoyevich
Zaxira: 45.Akbar Toʻrayev, 17.Sardor Sulaymonov, 27.Ravshan Doʻsmatov, 33.Tomislav Payovich, 35.Dilshod Hamroyev, 77.Muzaffar Abdullayev, 99.Sarvar Soliyev

“Paxtakor”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Sherzod Aʼzamov, 7.Azim AHmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboyev, 88), 11.Ismoil Gonsalvesh (21.Kamoliddin Tojiyev, 85), 15.Yegor Krimes, 34.Farrux Sayfiyev, 69.Dragan Cheran, 77.Tiago Bezerra
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Ahmadov, 10.Jamshid Iskanderov, 18.Bahrom Abdurahimov, 29.Vladimir Kozak, 88.Igor Sergeyev

Ogohlantirishlar: Yegor Krimes 29, Davron Hoshimov 29.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Navbahor” va “Paxtakor” uchrashuvida jangovar durang qayd etildi (3:3)