10:11 / 15.09.2018
3 100

Andrey Fyodorov: “Uchrashuvga toʻliq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam boʻldi”

Андрей Фёдоров: "Учрашувга тўлиқ таркиб билан тайёрланиш учун вақт кам бўлди"
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Metallurg” – “Lokomotiv” (0:1) uchrashuvidan soʻng mehmonlar ustozi Andrey FYODOROV oʻyin haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.

- Uchrashuvga qattiq tayyorgarlik koʻrishga harakat qildik. Ammo bahsga toʻliq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam boʻldi. Toʻgʻrisini aytsam, oʻyin boshlanishidan oldin “Metallurg” shunday bosim uyushtirishini bilgandim. Ammo, yigitlar shunday bosimdan chiqib keta olishni uddalaganlaridan mamnun boʻldim.

Agarda ertaroq yaratilgan vaziyatlardan foydalanib, gol urganimizda, oʻyinni, asosiysi soʻnggi daqiqalarni xotirjamlik bilan oʻtkazgan boʻlardik. Barchasi yaxshiku, ammo bir jihatni tushunmadim. Referining zaxirada oʻtirgana futbolchimizga qizil bergani tushunarsiz boʻlib qoldi.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: “Uchrashuvga toʻliq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam boʻldi”