22:12 / 15.09.2018
3 467

“Liverpul” “Uembli”da “Tottenxem”ni taslim etdi

“Liverpul” “Uembli”da “Tottenxem”ni taslim etdi
Angliya chempionatining 5-turidan oʻrin olgan “Tottenxem” – “Liverpul” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Uembli” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi.

Ilk daqiqalar mersisaydliklarning hujumlari bilan boshlandi, biroq koʻp vaqt oʻtmay mezbonlar oʻzlariga kelib olishdi va tashabbusni oʻz tomonlariga ogʻdira olishdi.

Biroq birinchi boʻlib gol urish mehmonlarga nasib qildi, birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida Jorjino Veynaldum boshi bilan darvozani ishgʻol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlim debyutida Roberto Firmino raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib jamoasining ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtning uchinchisida Erik Lamela burchakdan uzatib berilgan toʻpni toʻxtatib oldi va kuchli zarba bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi. Qolgan daqiqalar hisobni tenglashtirish uchun yetmadi va Yurgen Klopp jamoasi navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, “Liverpul” mavsumdagi ketma-ket beshinchi oʻyinni oʻz foydasiga hal qildi va turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi.

Angliya chempionati, 5-tur

Tottenxem – Liverpul 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 39 Veynaldum, 0:2 – 54 Firmino, 1:2 – 90+3 Lamela.

Tottenxem – Vorm, Alderveyreld, Rouz, Trippyer, Vertongen, Eriksen, Dayer (Vanyama, 83), Lukas Moura, Uinks (Son Xыn Min, 73), Dembele (Lamela, 60), Keyn.

Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold (Matip, 90), van Deyk, Milner, Veynaldum, Keyta (Starridj, 83), Mane, Salax, Firmino (Xenderson, 74).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” “Uembli”da “Tottenxem”ni taslim etdi