22:24 / 15.09.2018
3 210

APLda “gollar yomgʻiri”. 5 oʻyinda 18 ta gol

APLda “gollar yomgʻiri”. 5 oʻyinda 18 ta gol
Angliya premyer-ligasida yana 5 uchrashuv oʻtkazildi.

“Chelsi” oʻz maydonida “Kardiff” bilan bellashdi.

Avvaliga Bamba mehmonlar jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyin Eden Azar ketma-ket uchta gol urdi. Uning ikki goliga Jiru hammualliflik qildi, toʻrtinchi golni Villian oʻz hisobiga yozib qoʻydi - 1:4.

Bu natijadan soʻng, “Chelsi” 15 ochko jamgʻarib, toʻplar nisbatiga koʻra peshqadam boʻlib oldi.

“Manchester Siti” oʻz maydonida “Fulhem”ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Gollar Sane, Silva va Sterling hisobiga yozildi.

Bu natijadan soʻng, “Manchester Siti” 13 ochko bilan 3-oʻrinda, “Fulhem” esa 4 ochko bilan 15-oʻrinda bormoqda.

“Arsenal” bu turda “Nyukasl” mehmoni boʻldi va gʻalaba bilan qaytdi.

Oʻyinning ikkinchi boʻlimi boshida Granit Chaka jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni ochdi. 58-daqiqada Mesut Oʻzil jamoasi ustunligini oshirdi. Oʻyin oxirida Klark “Nyukasl”ning javob goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Unai Emeri shogirdlari qatorasiga uchinchi uchrashuvda gʻalaba qozonib, turnir jadvalida 9 ochko toʻplagan holda 7-oʻringa koʻtarildi. “Nyukasl” esa 5 oʻyindan keyin 1 ochko bilan oxirgi oʻrinlardan birida joylashgan.

“Bornmut” oʻz maydonida “Lester”ni 4:2 hisobida yengdi. “Haddersfild” “Kristal Pelas”ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Angliya chempionati 5-tur

Chelsi – Kardiff 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 16 Bamba, 1:1 – 37 Azar, 2:1 – 44 Azar, 3:1 – 80, penalti Azar, 4:1 – 83 Villian.

Chelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kovachich (Barkli, 50), Jorjino, Pedro (Villian, 68), Kante, Azar (Dzappakosta, 84), Jiru.
Kardiff – Eterij, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Arter (Richards, 46), Rolls, Rid (Paterson, 71), Kamarasa, Xoylett, Uord (Medin, 77).

Manchester Siti – Fulxem 3:0
Gollar:
1:0 – 2 Sane, 2:0 – 21 Silva, 3:0 – 47 Sterling.

Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf (Gyundogan, 67), Silva, Fernandino, Sterling (Mahrez, 74), Bernardu Silva, Sane, Aguero (Gabriel Jezus, 54).
Fulhem – Bettinelli, Mouson, Odoi, Kristi, Seri (Zambo-Angissa, 56), Sessenon, Yuxansen, Makdonald, Shyurrle, Vyetto (Ayite, 69), Mitrovich.

Nyukasl – Arsenal 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 – 49 Chaka, 0:2 – 58 Oʻzil, 1:2 – 90 Klark.

Nyukasl – Dubravka, Dammett, Yedlin, Fernandes, Lassels (Klark, 46), Diame, Ritchi (Muto, 79), Xeyden, Merfi (Kenedi, 69), Peres, Xoselu.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Bellerin, Papastatopulos, Chaka, Remzi (Uelbek, 80), Genduzi (Torreyra, 46), Oʻzil, Obameyang (Mxitaryan, 69), Lyakazett.

Bornmut – Lester 4:2 (3:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 19 Freyzer, 2:0 – 37 Freyzer, 3:0 – 41, penalti King, 4:0 – 81 Smit, 4:1 – 88, penalti Meddison, 4:2 – 89 Olbrayton.

Bornmut – Begovich, Kuk, Riko, Smit, Ake, Gosling, Lerma (Kuk, 78), Freyzer, Bruks (Frensis, 68), King (Musse, 85), Uilson.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi, Ndidi, Meddison, Gezzal (Olbrayton, 61), Grey (Ixeanacho, 61), Vardi (Evans, 84).

Ogohlantirishlar: Maguayr (12), Lerma (29), Morgan (45), Shmeyxel (70), Uilson (71), Gosling (79).
Chetlatish: Morgan (69).

Haddersfild – Kristal Pelas 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 38 Zaa.

Haddersfild – Lessl, Yorgensen (Depuatr, 78), Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Billing, van La Parra (Mbenza, 78), Kachunga (Diakabi, 68), Muy, Leve, Munye.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Milivoyevich, Kuyate, Makartur, Taunsend (Shlupp, 90), Zaa, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Makartur (11), Yorgensen (27), Zaa (29).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLda “gollar yomgʻiri”. 5 oʻyinda 18 ta gol