22:34 / 15.09.2018
3 246

“Bunyodkor” Toshkentda “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi

“Bunyodkor” Toshkentda “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi
PEPSI Superliganing 23-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Milliy” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Murodjon Toshmatov mezbonlarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 38-daqiqada Shahzodbek Nurmatov hisobni 2:0 koʻrinishga olib keldi.

Ikkinchi boʻlim debyutida Javlon Ibrohimov oʻyinga nuqta qoʻygan golga muallif boʻldi.

Shu bilan, ikkinchi bosqichning dastlabki tur oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi.

PEPSI Superliga, 23-tur

“Bunyodkor” – “Buxoro” 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 19 Toshmatov, 2:0 – 38 Nurmatov, 3:0 – 53 Ibrohimov.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dilshod Joʻrayev, Javlon Ibrohimov (Abdulla Abdullayev, 82), Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 70), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxoʻjayev, Mirgʻiyos Sulaymonov, Xurshid Gʻiyosov (Sanjar Qodirqulov, 79), Mirjamol Qosimov.

“Buxoro”: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov, Sanʼat Shixov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Mullajonov, Robbim Hasanov, Mirjalol Jumayev, Suhrob Neʼmatov (Vadim Chemirtan, 46), Aziz Ibragimov (Qahramon Bahodirov, 58).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” Toshkentda “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi