12:26 / 16.09.2018
3 491

Golovkin barcha kamarlaridan mahrum boʻldi (foto)

Golovkin barcha kamarlaridan mahrum boʻldi (foto)
15 sentyabr oqshomida Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada professional boks boʻyicha yilning muhim janglaridan biri boʻlib oʻtdi.

Oʻrta vaznda (-72,6 kg) WBA, WBC, WBA Super va IBO yoʻnalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida magʻlub boʻlmagan qozogʻistonlik Gennadiy Golovkin The Ring versiyasi boʻyicha vazn toifasidan qatʼi nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga koʻtarildi.

12 raund davom etgan jangda Alvares birinchi raqam ostida harakat qildi va yakunda hakamlarning ochkolariga koʻra gʻalaba qozondi. Ikki hakam Alvaresning 115-113 hisobidagi ustunligini qayd etdi, uchinchi hakamning bahosi esa durang boʻldi - 114-114.

Bokschilarning bir yil muqaddam oʻtgan jangida durang natija qayd etilgandi.

Shu tariqa, Golovkin professional ringdagi faoliyatida ilk magʻlubiyatidan keyin barcha kamarlarini boy berdi.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golovkin barcha kamarlaridan mahrum boʻldi (foto)