15:14 / 16.09.2018
3 284

Mirjalol Qosimov: “Muxlislarimizdan stadionga koʻproq kelishlarini soʻrayman”

Миржалол Қосимов: "Мухлисларимиздан стадионга кўпроқ келишларини сўрайман"
Superliganing 23-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan soʻng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:

- Qayd etilgan natijadan qoniqdim. Bugungi oʻyinga toʻliq tarkib bilan uncha koʻp hozirlana olmagandik. Zero aksariyat futbolchilarimiz turli yoshdagi terma jamoalarimiz ixtiyorida edi. Soʻnggi 3-4 kungina birgalikda mashgʻulot oʻtadik. Lekin shunday boʻlsa ham yigitlar bugun muxlislarga yoqadigan oʻyin namoyish etishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman va bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ulardan stadionga koʻproq kelishlarini soʻrab qolgan boʻlardim, - dedi mutaxassis.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Muxlislarimizdan stadionga koʻproq kelishlarini soʻrayman”