21:26 / 16.09.2018
3 853

QPL. Jeparov debyut oʻyinidayoq gol kiritdi

QPL. Jeparov debyut oʻyinidayoq gol kiritdi
Bugun Qozogʻiston Premyer-ligasida 26-tur oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Jetisu” klubi safarda “Tobol”ga qarshi bahs olib bordi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi - Jeparov mazkur oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.

Bugungi uchrashuv Jeparov uchun “Jetisu” safidagi debyut oʻyini boʻlganligini taʼkidlash joiz. Eʼtiborlisi, 80-raqamda oʻynaydigan Server 80-daqiqada penaltidan gol kiritib, raqib darvozasini ishgʻol etishga erishdi. Uchrashuv esa 2:2 hisobi bilan yakuniga yetdi.

Qozogʻiston Premyer-ligasi. 26-tur

“Tobol” - “Jetisu” 2:2
Gollar:
Kvekveskiri (32), Nurgaliyev (35) - Stepanyuk (21), Jeparov (80 penaltidan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » QPL. Jeparov debyut oʻyinidayoq gol kiritdi