21:46 / 16.09.2018
4 016

Ronalduning dubli “Yuventus”ga gʻalaba olib keldi (video)

Ronalduning dubli “Yuventus”ga gʻalaba olib keldi (video)
Italiya chempionatining 4-turida “Yuventus” klubi oʻz maydonida “Sassuolo” futbolchilarini qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyin taqdirini Ronalduning dubli hal qilib berdi.
Birinchi boʻlimda muxlislar gol koʻrishmadi, lekin yaxshi imkoniyatlar boʻldi. Ikkinchi boʻlimda esa Krishtianu Ronaldu 50 va 65-daqiqalarda dubl qayd etib jamoasining gʻalabasini taʼminladi. “Sassuolo” safida esa yagona javob golini Xouma Babakar kiritdi. Oʻyinning oxirida “Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Italiya chempionati 4-tur

“Yuventus” – “Sassuolo” 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 50 Ronaldu, 2:0 – 65 Ronaldu, 2:1 – 90 El-Babakar.

“Yuventus” – Shchensnы, Benatiya, Bonuchchi, Aleks Sandro (Kuadrado, 80), Joau Kanselu, Xedira, Djan (Bentankur, 71), Matyuidi, Ronaldu, Dibala, Mandjukich (Duglas Kosta, 61).

“Sassuolo” – Konsili, Marlon, Rojerio (DellʻOrko, 72), Lirola, Ferrari, Djurichich (Di Franchesko, 61), Lokatelli (El-Babakar, 83), Boateng, Burabiya, Berardi, Dankan.

Ogohlantirishlar: Djurichich (23), Berardi (26), Joau Kanselu (32), Burabiya (40), Aleks Sandro (60), Duglas Kosta (90).
Chetlatish: Duglas Kosta (90).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning dubli “Yuventus”ga gʻalaba olib keldi (video)