23:30 / 17.09.2018
2 975

PFL: Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi boʻlmaydi

PFL: Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi boʻlmaydi
PFL endilikda Superliga va Pro-liga klublarining qarzdorlik masalasiga jiddiy eʼtibor qaratadi.

“Yillar davomida futbol klublari mavsumni kamomad bilan yopib yurgan va buning oqibatida futbolchilar, murabbiylar oʻz pullarini undira olmagan. Qolaversa, futbolchilar va murabbiylarni himoya qiladigan tashkilotning oʻzi boʻlmagan”, - deya taʼkidlanadi liga rasmiy saytida.

Qayd etilishicha, 2018 yilni hech bir klub qarzdorlik bilan yopmasligi –PFL uchun muhim faktor. Yoʻqsa ular egallagan oʻrnidan qatʼi nazar 2019 yilgi mavsum startida sanksiyalarga duch keladi.

Maʼlumki, muammoli vaziyatlarni birinchi navbatda PFL komissiyasi, undan keyingi apellyatsiyani OʻFA oʻrganib chiqadi. Futbol strukturasidagi muammolarga davlat organlari aralashgan holatda PFL mazkur ishga qaytmaydi. Nodavlat-notijorat tashkiloti maqomi jihatdan yuqori organ hisoblanuvchi sudlar qaroriga aralashmaydi.

Taʼkidlanishicha, PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum avvalida har bir klub futbolchilari bilan alohida uchrashadi hamda ularning huquqlari borasida, muammoli vaziyatlarni qanday hal qilishi kerakligi boʻyicha tushuntirish beradi.

“Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi boʻlmaydi. Yaʼni futbol oʻz muammolarini oʻzi hal qila olganida ish davlat organlariga qadar yetib bormaydi”, deya qayd etiladi rasmiy manbada.

Maʼlum qilinishicha, PFL ayni paytda FIFA andozasi asosida shartnoma tayyorlamoqda. Kelasi mavsumdan boshlab klublar shartnomalar tuzishda ushbu namunadan foydalanadi. Har bir shartnoma PFL komissiyasining jiddiy tekshiruvidan oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL: Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi boʻlmaydi