Noʻʼmon Hasanov: “Yarim finalda kim raqib boʻlishining farqi yoʻq”

  • 19 sentyabr 2018, 06:30
  • 1 527
  • Sport
  • Noʻʼmon Hasanov: “Yarim finalda kim raqib boʻlishining farqi yoʻq”
    Oʻzbekiston kubogi chorak final doirasida “Qoʻqon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Noʻʼmon Hasanov va Suhrob Berdiyev qatnashdi.

    Noʻʼmon Hasanov: - Avvalo bugungi gʻalaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi gʻalabada muxlislarimizning ham hissalari beqiyos boʻldi.

    Oʻyinga keladigan boʻlsam, bugun birinchi taymdagi oʻyinimiz men istagan oʻyin boʻldi. 2-taymga kelib yigitlarda biroz charchoq alomatlari sezildi. Shunaqa paytda zahira oʻrindigʻida oʻyinni kuchaytiradigan, tajribali futbolchilar yetishmasligi bizga koʻp oʻyinlarda pand beryapti. Ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushirgan futbolchilarim barchasi yosh futbolchilar. Hali ular bilan koʻp ishlashimiz kerak. Shunga qaramay gʻalabani saqlab qolganimiz quvonarli boʻldi.

    Yarim finalda kim raqib boʻlishini farqi yoʻq. Chunki yarim finalda kuchsiz raqib boʻlmaydi. Biz finalga chiqish uchun astoydil harakat qilamiz. Hozircha esa bor eʼtiborimizni Navoiyda boʻladigan 24-tur oʻyiniga qaratishga majburmiz.

    Suhrob Berdiyev: Bugun biz maydonga faqat gʻalaba uchun tushgan edik. Barcha jamoadoshlarim maydonda borlarini berib oʻynashdi. Yakunda maqsadimizga erishdik. Stadionda bizni ajoyib tarzda qoʻllab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Bugun kiritgan har ikkala golimni muxlislarga bagʻishlayman.

    Manba: kokand1912.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Noʻʼmon Hasanov: “Yarim finalda kim raqib boʻlishining farqi yoʻq”