08:58 / 19.09.2018
3 639

Shota Arveladze: “Tarkib teng boʻlganida natija qanday boʻlar edi, bilmayman”

Шота Арвеладзе: "Таркиб тенг бўлганида натижа қандай бўлар эди, билмайман"
Oʻzbekiston kubogi chorak final bosqichidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” (4:0) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Kubok – sovrin sari eng yaqin yoʻl. Barchasini bir oʻyin hal qiladi. Oʻyin va maydonda yaxshi muhit boʻldi. Bizga qarshi futbol oʻynashni istaydigan kuchli raqib oʻynadi. Tarkiblar teng boʻlganda oʻyin qanday davom etishini aytish qiyin boʻlardi.

Bu uchrashuvdagi hal qiluvchi holat boʻldi. Koʻplab vaziyatlar yaratgan va toʻrt toʻp kiritgan futbolchilarimni tabriklashni xohlayman. “Lokomotiv” kam boʻlib qolganiga qaramay, kurashni davom ettirdi. 1:0 natijasi payti yana gol urishimiz yoki toʻp oʻtkazib yuborishimiz mumkin edi. Bir boʻlimdan ortiqroq kamchilikda oʻynash hamisha mushkul. Endi navbatdagi bellashuvlarga jiddiy hozirlik koʻrishni davom ettiramiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Tarkib teng boʻlganida natija qanday boʻlar edi, bilmayman”