11:21 / 19.09.2018
3 783

Ushbu hafta Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi jang rasman eʼlon qilinadi

Ushbu hafta Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi jang rasman eʼlon qilinadi
Shu hafta Floyd Meyvezer va Menni Pakyao oʻrtasidagi revansh jang rasman eʼlon qilinadi, deya xabar beradi Daily Mail nashri. Maʼlum boʻlishicha, u jang Las-Vegasda taxminan 1-8 dekabr kunlar oraligʻida boʻlib oʻtadi.

15 sentyabr kuni Meyvezer ringga qaytishini maʼlum qilgan va Pakyao bilan “toʻqqiz raqamli (xonali) chek uchun” urushadi.

Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi birinchi jang 2015 yil 2 may kuni Las-Vegas tboʻlib oʻtgan. Jang yakunlariga koʻra, Meyvezer gʻalaba qozongan va bu oʻshanda uning faoliyatidagi 48-jang hamda 48-gʻalaba sifatida qayd etilgan.

Pakyaoga qarshi jangdan soʻng u hamyurti Andre Bertoga qarshi ringga chiqib, unda ham zafar quchgan. 49-gʻalabadan soʻng Meyvezer boksdan ketganini eʼlon qildi, biroq oʻtgan yili UFC chempioni Konor Makgregor bilan boks qoidalari boʻyicha jang uchun ringga qaytdi va 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, professional ringdagi 50-gʻalabasini tantana qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ushbu hafta Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi jang rasman eʼlon qilinadi