16:37 / 21.09.2018
3 736

Mirjalol Qosimov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mirjalol Qosimov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga yoʻllanma olish vazifasi qoʻyilgan boʻlib, bu yuksak masʼuliyatli vazifani amalga oshirish uchun murabbiylar shtabidan yetuk mahorat va katta tajriba talab etiladi.

Ana shuni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar koʻrib chiqildi.

Yakunda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga oʻzbek futboli afsonasi, ayni paytda “Bunyodkor” klubini boshqarayotgan Mirjalol Qosimov nomzodida toʻxtalindi.

Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda shaxsan suhbatlashib, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va masʼuliyatli vazifa turganligi, Oʻzbekistondagi barcha futbol muxlislari terma jamoamizni Olimpiadada koʻrishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni saralab olishda xolis boʻlish, faqat eng munosiblarini tanlab olish kerakligi borasida ham soʻz yuritildi.

Oʻz oʻrnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning masʼuliyatini toʻliq his qilayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib borish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni amlaga oshirishga vaʼda berib oʻtdi.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi. Shuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab borish, ularni yaxlit bir jamoaga aylantirish, raqobatbardosh, kuchli jamoa yaratish ishlari bilan shugʻullanadi. Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilib, turli yigʻinlar va kuchli terma jamoalar bilan oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil qilib boriladi.

Terma jamoamizni Olimpiada oʻyinlarida koʻrish xalqimizning, muxlislarimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Umid qilib qolamizki, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilarimiz ana shu azaliy orzuni amalga oshirib, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 2020 yildaTokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiadada ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi