Oʻzbekiston ilk marta Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilishi mumkin

  • 21 sentyabr 2018, 21:10
  • 2 229
  • Sport
  • Oʻzbekiston ilk marta Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilishi mumkin
    Oʻzbekiston yirik sport turnirlariga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 21 sentyabr kuni Osiyo oʻyinlari sovrindorlarini taqdirlash marosimida qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov maʼlum qilgan. Bu haqda kun.uz sayti xabar bermoqda.

    “Kun.uz” muxbirining xabar berishicha, hukumat rahbari tadbir yakunida soʻzga chiqib, 20 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu toʻgʻrisida topshiriq boʻlganini aytgan.

    “Kecha, muhtaram Shavkat Miromonovich sport mutasaddilari va hukumat rahbarlari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda kelgusida yirik sport klasteri qurishga tayyorgarlik koʻrish va bu klaster bizga jahon darajasidagi eng jiddiy musobaqalarni oʻtkazish imkonini berishi kerakligi toʻgʻrisida vazifa topshirdi”, - deya maʼlum qilgan Abdulla Aripov.

    “Kelgusida turli sport turlari boʻyicha Osiyo va jahon chempionatlarini oʻtkazish, shuningdek vaqti kelib Osiyo oʻyinlari mezbonligi uchun kurashish boʻyicha topshiriq olganmiz”, - deya qoʻshimcha qilgan Oʻzbekiston bosh vaziri.

    20 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazib, unda sohani yanada rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

    Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tashkil etilayotgan olimpiya tayyorgarligi markazlarini 2020 yilga qadar foydalanishga topshirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.

    Shuningdek, Oʻzbekistonda sportni ommalashtirish boʻyicha besh yillik milliy konsepsiya ishlab chiqish zarurligi ham taʼkidlangan.

    Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston shu vaqtgacha yozgi Osiyo oʻyinlarga ham, qishki Osiyo oʻyinlariga ham mezbon boʻlmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oʻzbekiston ilk marta Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilishi mumkin