Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 2 ta terma jamoa bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib oʻtgandik.
6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni esa Eron terma jamoasi bilan bellashgan Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz, 13 oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi “Milliy” stadionida KXDR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
16 oktyabrda oʻtkazilishi moʻljallangan Oʻzbekiston – Qatar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahs ham soat 20:00 da “Milliy” stadionida oʻtkaziladi.
OʻFA Osiyo kubogi hamda 2022 yil Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempioantlari saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishda davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi