00:01 / 22.09.2018
3 935

Messi FIFA taqdirlash marosimiga boradi - u nomzodlar orasida yoʻq

Messi FIFA taqdirlash marosimiga boradi - u nomzodlar orasida yoʻq
“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA talqini boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimiga boradi.

31 yoshli futbolchi uchta yakuniy nomzod roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa-da, tantanali tadbirda ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun “Real” yarimhimoyachisi Luka Modrich, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Liverpul” toʻpurari Muhammad Saloh daʼvogarlik qilmoqda.

Messi 2006 yildan buyon ilk marotaba nomzodlar roʻyxatiga kiritilmadi. Ammo u yilning ramziy terma jamoasidan joy olish va yilning eng chiroyli goli muallifi boʻlish imkoniyatini saqlab turibdi. Futbolchining JCH-2018 musobaqasida Nigeriya darvozasiga kiritgan toʻpi nomzodlar orasida bor.

Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 24 sentyabr kuni Londonda oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi FIFA taqdirlash marosimiga boradi - u nomzodlar orasida yoʻq