10:53 / 22.09.2018
3 379

Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor”ning umri uzoq boʻladi"

Миржалол Қосимов: “Бунёдкор”нинг умри узоқ бўлади"
Xabaringiz bor Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay Superligada chempionlik uchun kurash olib bormoqda. “Qaldirgʻochlar” ustozi Mirjalol Qosimov esa SPORTS.uz muxbiri bilan boʻlgan suhbat davomida bunday jamoa yoʻq boʻlib ketmasligiga ishonishini aytib oʻtdi.

- “Bunyodkor”ning keyingi taqdiri barchani oʻylantirib qoʻydi. Qisqa muddat ichida oʻzbek futboli mavqeini koʻtarishda munosib hissasini qoʻsha olgan jamoaning kelajagi mavhum boʻlib qolayotgani ajablanarli. Yaʼni, kelasi yilga “Bunyodkor” boʻladimi-yoʻqmi, degan savollar ham koʻp yangramoqda.

- Oldin ham aytganman, Xudo xohlasa, “Bunyodkor”ning umri uzoq boʻladi. Albatta, bunday jamoa yoʻq boʻlib ketmasligi kerak. Qurish oson emas, ammo buzib tashlash juda oson. Ammo keyin bu narsani qaytarib boʻlmaydi. Jamoamiz akademiyasiga mingga yaqin bolalar kelishadi. Hozirgi tarkibimizning 70-80 foizi akademiyamiz tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Umid qilamanki, “Bunyodkor”ning umri uzoq boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor”ning umri uzoq boʻladi"