22:47 / 22.09.2018
4 345

Shahram Gʻiyosov Lagunani 4-raundda yerga agʻdardi

Shahram Gʻiyosov Lagunani 4-raundda yerga agʻdardi
Avval xabar berganimizdek ayni paytda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov bugun Londondagi afsonaviy “Uembli” stadionida navbatdagi reyting jangida ringga koʻtarildi.

Bugun hamyurtimizga nikaragualik bokschi Xulio Laguna raqiblik qildi.

Sakkiz raundga moʻljallangan bahs toʻrtinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi. Bokschimiz toʻrtinchi raundda zarbalar seriyasini ijro etdi va raqibini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Shahramning professional boksdagi gʻalabalari soni beshtaga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram Gʻiyosov Lagunani 4-raundda yerga agʻdardi