23:10 / 22.09.2018
3 060

Superliga. “Neftchi” “Nasaf”ni magʻlub etdi

Суперлига. "Нефтчи" "Насаф"ни мағлуб этди
Pepsi Superligasining 24-tur uchrashuvini jamoamiz Fargʻonada “Neftchi” jamoasiga qarshi oʻtkazdi.

Uchrashuv maydon egalarining faolligida boshlandi. Dastlabki boʻlimning 7-daqiqasida maydon egalari hisobda oldinga oʻtib olishdi. Burchakdan oshirib berilgan toʻpni Avazbek Oʻlmasaliyev boshi bilan darvozamizga joylab qoʻydi – 1:0. Ushbu goldan soʻng jamoamiz tashabbusni oʻz qoʻliga oldi va ketma-ket hujumlarini tashkil eta boshladi. 21-daqiqada Islom Rashidxonov ajoyib zarbasi bilan, chamasi 18 metrlardan “Neftchi” jamoasi darvozasiga gol kiritdi – 1:1.

Uchrashuvda hisob tenglashgach, 42-daqiqagacha jamoamiz faol harakat qildi. Ammo “Neftchi” jamoasining ana shu daqiqada tashkil etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz diqqatini yoʻqotishdi. Golga Sherzod Hakimov mualliflik qildi – 2:1. Birinchi boʻlim ana shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi boʻlim teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikkala jamoa imkon tugʻilgandan hujumlar tashkil etdi. 61-daqiqada “Neftchi” jamoasi hisobni 3:1ga oʻzgartirishga erishdi. Bunda himoyachilarimiz Dostonbek Toshmatovni nazaridan chetda qoldirishdi. Albatta bu hisob jamoamizni faollashishiga majbur etdi. Ammo yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishni imkoni boʻlmadi.

Shunday qilib, jamoamiz bu turda “Neftchi”ga magʻlub boʻldi.

Endi”Nasaf” navbatdagi 25-tur uchrashuvini 2 oktyabr kuni oʻz maydonida “Qizilqum” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Pepsi Superligasi-2018. 24-tur

“NЕFTCHI“ – “NASAF” 3:1 (2:1)

Gollar:
Avazbek Oʻlmasaliyev, 7ʻ-1:0, Sherzod Hakimov, 42ʻ-2:1, Dostonbek Toshmatov, 61ʻ-3:1 – Islom Rashidxonov, 21ʻ-1:1

“Neftchi”: 12.Muzaffar Abdullayev, 3.Shukurali Poʻlatov (s), 14.Abrorbek Ismoilov, 18.Andrey Sidorov (23.Abduraxmon Abdulxaqov, 46), 19.Avazbek Oʻlmasaliyev (45.Avazxon Mamatxoʻjayev, 87), 20.Husniddin Gʻofurov, 40.Boburbek Yuldashev, 44.Dostonbek Toshmatov, 65.Shodiyor Hojimatov, 91.Sherzod Hakimov (7.Murodbek Bobojonov, 72), 95.Dostonbek Tursunov.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 10.Anvar Berdiyev, 15.Dilyorbek Irmatov, 34.Igor Taran, 64.Mirjamol Neʼmatov, 90.Islombek Karimov.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s) (18.Bobir Davlatov, 74), 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Amirjon Safarov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev (15.Dilshod Saitov, 74), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov (28.Xurshidbek Muxtorov, 81), 38.Akmal Mozgovoy, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 49.Oybek Bozorov.

Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (54)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Neftchi” “Nasaf”ni magʻlub etdi