23:13 / 22.09.2018
4 118

Roʻziqul Berdiyev “Neftchi” nimaning evaziga gʻalaba qozonganini aytdi

Roʻziqul Berdiyev “Neftchi” nimaning evaziga gʻalaba qozonganini aytdi
“Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida ustozi Roʻziqul Berdiyev oʻyin haqidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bugungi uchrashuvda jamoamiz koʻp vaziyatlarga ega boʻldi. Lekin bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. “Neftchi” jamoasi esa imkoniyatlardan toʻliq foydalandi va gʻalaba qozondi.

Bugungi uchrashuvni koʻrib, xulosa qilish mumkin, “Neftchi” jamoasi ikkinchi bosqichda ancha shakllanibdi. Birinchi boʻlib standart vaziyatdan gol oʻtkazib yubordik. Hisobni tenglashtirgach esa, qarshi hujumdan gol oʻtkazdik. Ikkinchi gol jamoamiz ruhiyatiga salbiy taʼsir qildi.

Uchinchi gol esa oʻyin taqdirini hal qilib qoʻydi. Aslida bu golgacha yaratilgan qulay vaziyatlarni golga aylantirishimiz kerak edi. Afsuski buni amalga oshira olmadik", - deydi Roʻziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roʻziqul Berdiyev “Neftchi” nimaning evaziga gʻalaba qozonganini aytdi