23:30 / 22.09.2018
3 308

Shota Arveladze - “Buxoro” bilan oʻyindagi hakamlik, Masharipov va Lobanov haqida

Шота Арвеладзе - "Бухоро" билан ўйиндаги ҳакамлик, Машарипов ва Лобанов ҳақида
“Paxtakor” - “Buxoro” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze va Farrux Sayfiyev ishtirok etdi.

“Barcha oʻyinlar finaldek oʻtmoqda. Biz barcha oʻyinlarni bugungidek oʻtkazishni istaymiz. Koʻplab vaziyatlar yaratdik, raqibdan va hakamlardan bir kalla ustun edik. Stadionga kelgan koʻplab muxlislar bugun chiroyli futbol tomosha qildi. Toshkentda ham futbolni sevishlarini koʻrayapmiz. Yana bir bor futbolchilarimni tabriklamoqchiman”, - deydi Shota Arveladze.

“Bugun koʻplab vaziyatlar yaratdik. Raqibdan bir bosh ustun edik. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda yirik hisobda yutardik. Uch ochko qoʻlga kiritdik. Muxlislarimizni tabriklaymiz”, - deydi Farrux Sayfiyev.

- Ketma-ket ikkinchi oʻyinda “Paxtakor”ning toza goli hisobga olinmadi. Shikoyat yozasizmi?
- Albatta yozamiz. Chegaradan chiqib ketdi. Barcha xato qiladi tan olaman, lekin bu endi juda shubhali. Agar videoni koʻrsangiz bilasiz. Golni bunday bekor qilishmaydi. Agar bu hakamlar ishlashni bilishmasa oʻqib oʻrganishsin. Men boshidan hakamlarni yonini olib kelganman. Futbol, muxlislar, hakamlar va maydon barchasi bitta narsa. APL, Ispaniya chempionati qanday desam hamma maqtaydi. Sababi u yerda barcha narsa bor.

- Jamoa har toʻrt kunda oʻyin oʻtkazayapti. Lekin rotatsiya kam.
- Sababi biz yaxshi oʻynayapmiz. Toʻgʻri biz qiynaldik, maksimum 2 nafar futbolchini oʻzgartirgan boʻlardim. Lekin oʻzgartirmaslikka qaror qildik va bu qaror toʻgʻri boʻlib chiqdi. Umid qilamanki, zahirada oʻz vaqtini kutayotgan va albatta maydonga tushadigan futbolchilar ham butun jamoa haqida qaygʻurishmoqda.

- Masharipovning oʻyini sizga yoqadimi?
- U koʻproq darvozaga zarba berishini istayman, gollar, golli paslar koʻproq boʻlishini xohlayman. Maydonda “jahldor” boʻlishi kerak. Raqib jarima maydoni ichiga kirib nima qilib boʻlsa ham zarba berishini xohlayman.

- Maydonda juda ham agressivsiz. Fyel-atvoringiz shunaqami yoki faqat maydonda shundaymisiz?
Farrux Sayfiyev: - Xarakterim shunaqa. Oʻyin paytida oʻyinga kirishib ketaman. Bahs tugagach barcha bilan aka-ukamiz. “Paxtakor”ga toʻla moslashib ketdim.

- Eldorbek Suyunov barcha jihatlari boʻyicha Lobanovdan ustunmi? Nima uchun hech boʻlmasa kubok bahsida imkon berilmayapti?
- Agar biz OCHL, Chempion va kubokda ishtirok etganimizda boshqa gap edi. Yoʻq barcha jihatlari boʻyicha ustun demagan boʻlardim. Darvozabon oxirgi 10-15 daqiqa almashtiriladigan pozitsiya emas. Lobanov bilan yuzma-yuz gaplashib oldim. U kutmoqda. Unga mavsumni bir darvozabon bilan oʻtkazishga umid qilishimni aytdim. Bu mavsum davomida asosiy darvozabon biz xohlagandek oʻynaydi deganidir. Toʻgʻri bu javob unga yoqmagan. Bu odatiy raqobat. Mashgʻulotlar vaqtida ularning ikkisi ham toʻliq va professionallarga xos ishlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze - “Buxoro” bilan oʻyindagi hakamlik, Masharipov va Lobanov haqida