23:53 / 22.09.2018
3 186

“Qizilqum” qiyinchilik bilan “Qoʻqon-1912”dan ustun keldi

“Qizilqum” qiyinchilik bilan “Qoʻqon-1912”dan ustun keldi
Superliganing 24-turida “Qizilqum” klubi oʻz maydonida “Qoʻqon-1912” futbolchilarini qabul qildi. Uchrashuvda maydon egalari kichik hisobda gʻalaba qozonishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi boʻlimda har ikki tomonda hisobni ochish uchun imkoniyatlar tugʻildi. Lekin soʻnggi pallada aniq zarba yoʻllash nasib qilmadi. Ikkinchi boʻlim esa maydon egalari uchun omadli kechdi. Asosiy vaqtning tugashiga 5 daqiqada qolganida Alisher Sanoyev chamasi 18 metrlardan yoʻllagan kuchli zarbasini Yusupov qaytara olmadi va hisob ochildi. Birozdan soʻng Nagayev ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatildi. Shu bilan maydon egalari hisobni ushlab qolishdi.

Superliga 24-tur

“Qizilqum” - “Qoʻqon-1912”
Gol:
Alisher Sanayev 85, - 1:0.

“Qizilqum” - 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 10. Alisher Sanoyev, 14. Fayzullo Qambarov, 17. Artur Gevorkyan (18. Samandar Shodmonov, 90), 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Joʻrayev, 30. Elguja Grigalashvili, 50. Eldor Boymatov, 88. Ivan Nagayev, 91. Salim Mustafoyev.

“Qoʻqon-1912” - 1. Oʻtkir Yusupov, 5. Gʻiyos Komilov (11. Firdavs Asadov, 87), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov (4. Bahodir Akramov, 67), 17. Quvondiq Roʻziyev, 19. Suhrob Berdiyev (96. Muhammadanas Hasanov, 77), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 79. Iqbol Malikjonov.

Ogohlantirishlar: Sherali Joʻrayev 20, Erkin Boydullayev 41, Oybek Rustamov 57, Ivan Nagayev 64, Aleksandr Merzlyakov 86,
Chetlatish: Ivan Nagayev 87

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qizilqum” qiyinchilik bilan “Qoʻqon-1912”dan ustun keldi