“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ga qarshi Chempionlar Ligasi oʻyinida maydondan chetlatilishida aybdorlarni topdi.
Futbolchining fikriga koʻra, Mestalya stadionidagi mojaro tasodif emas, bunda UYEFAning ham “qoʻli” bor. Monakoda oʻtkazilgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga kelmagani uchun, tashkilot undan aynan shu tarzda oʻch olmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Bundan tashqari, “Oltin toʻp”ning 5 karra sohibi “Real”ni tark etganidan soʻng, unga boʻlgan munosabat oʻzgarganini his qilyapti. Madrid klubida oʻynab yurganida Ronaldu 20 ga yaqin marta shunga oʻxshash tajovuzkor harakatlarni qilgan, ammo biror marta maydondan chetlatilmagan edi.
24 sentyabr kuni Londonda FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini oʻtkazadi. Agar Ronaldu gʻalaba qozonmasa, mulozimlarni noxolislikda ayblashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi