10:20 / 25.09.2018
4 058

Yil futbolchisi boʻlishga nomzodlar qancha ovoz toʻplagani maʼlum qilindi

Yil futbolchisi boʻlishga nomzodlar qancha ovoz toʻplagani maʼlum qilindi

Foto: FIFA

FIFA talqini boʻyicha 2018 yilning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishga daʼvogarlar ovoz berish jarayonida qancha ball toʻplagani maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, FIFAning “Eng yaxshi” sovrinlari ovoz berish orqali aniqlanadi. 25 foiz ovoz muxlislar va jamoatchilik fikri, yana 25 foiz jahon ommaviy axborot vositalari bergan ovozga asoslanadi. Qolgan 50 foizlik ovoz berish huquqi barcha terma jamoalar bosh murabbiylari (25%) va ularning sardorlariga (25%) berilgan.

Tashkilot rasmiy sayti bergan maʼlumotga koʻra, “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich umumiy ovozlarning 29,05 foizini toʻplab, yil oʻyinchisi deya eʼtirof etilgan. Ovozlar hisobi boʻyicha ikkinchi oʻrinni “Real”ning portugaliyalik sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallagan – 19,08 foiz. Kuchli uchlikni yakunlab bergan Muhammad Saloh umumiy ovozlarning 11,23 foizini yigʻishga muvaffaq boʻlgan.

Eʼtiborlisi, Argentina terma jamoasi va “Barselona” yarimhimoyachisi Lionel Messi soʻrovnomada 9,81 foiz ovoz toʻplab, 5-oʻrinda qayd etilgan.

2018 yilning eng yaxshi oʻyinchisini aniqlash uchun FIFA soʻrovnomasi natijalari:

1. Luka Modrich – umumiy ovozlarning 29,05 foizi
2. Krishtianu Ronaldu – 19,08 %
3. Muhammad Saloh – 11,23 %
4. Kilian Mbappe – 10,52%
5. Lionel Messi – 9,81 %
6. Antuan Grizmann – 6,69 %
7. Eden Azar – 5,65 %
8. Kevin De Bryuyne – 3,54 %
9. Rafael Varan – 3,45 %
10. Harri Keyn – 0,98 %

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yil futbolchisi boʻlishga nomzodlar qancha ovoz toʻplagani maʼlum qilindi