10:46 / 25.09.2018
5 060

Makgregorning otasi: Habib ikkinchi raundgacha omon qolmaydi

Makgregorning otasi: Habib ikkinchi raundgacha omon qolmaydi

MMAʻning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregorning otasi Toni Makgregor oʻgʻlining UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan jangidan nimani kutayotgani haqida aytib oʻtdi.

“Mutlaqo ishonchim komilki, Konor birinchi raundda Habibni nokaut qiladi. Boshqacha boʻlishi mumkin emas - Nurmagomedov ikkinchi raundgacha omon qolmaydi. U oʻgʻlim bilan tezlik boʻyicha ham, aniqlikda ham, kuch borasida ham raqobatlasha olmaydi. Menimcha, Konor uning bosh suyagini sindirib tashlaydi”, - deya katta Makgregorning soʻzlarini keltiradi ESPN jurnalisti Ariel Xelvani tvitterdagi sahifasida.

Nurmagomedov va Makgregor UFC 229 musobaqasi doirasida 6 oktyabr kuni Las-Vegasda uchrashadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda kalamush ekani, uni bir raundda sindirishini aytib oʻtgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregorning otasi: Habib ikkinchi raundgacha omon qolmaydi