19:56 / 25.09.2018
4 300

Abramovich “Chelsi”ning narxini maʼlum qildi

Abramovich “Chelsi”ning narxini maʼlum qildi

“Chelsi” egasi Roman Abramovich klubni sotishi mumkin. Bu haqida Bloomberg jurnali xabar tarqatdi.

Vaziyatga yaqin boʻlgan manbaning bergan maʼlumotiga koʻra, rossiyalik amaldor jamoani 3 milliard funt evaziga sotishga tayyor.

Ilgari Abramovich Buyuk Britaniyaning eng boy insoni Jim Retkliffning taklifini rad etgandi. U klub uchun 2,3 milliard funt taklif qilgandi.

Rossiyalik tadbirkor 2003 yili “Chelsi”ni 140 million funt evaziga sotib olgandi.

Oʻsha paytdan buyon klub besh marta mamlakat chempioni boʻldi, ber marta kubok, ikki marta Angliya Superkubogi hamda uch bora Liga kubog gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasi bosh sovrini nasib etdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramovich “Chelsi”ning narxini maʼlum qildi