12:28 / 27.09.2018
3 455

A Seriya. “Yuventus” oʻzida “Bolonya”ni magʻlub etdi, “Roma” va “Napoli”da yirik gʻalaba

A Seriya. “Yuventus” oʻzida “Bolonya”ni magʻlub etdi, “Roma” va “Napoli”da yirik gʻalaba
Italiya chempionatining 6-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻz nihoyasiga yetdi.

“Napoli” oʻz maydonida “Parma”ni qabul qildi. “San-Paolo”da boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar. Neapolliklar safida Arkadush Milik dubl qayd etgan boʻlsa, yana bir golga Lorenso Insenye muallif boʻldi.

Ketma-ket magʻlubiyatlardan soʻng nihoyat “Roma” yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Oʻz maydonlarida “Frozonone”ni qabul qilgan rimliklar 4:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar. Mezbonlar safida Oʻnder, Pastore, El-Shaaravi va Kolarovlar gollarga muallif boʻlishdi.

“Yuventus” Turinda “Bolonya”ni qabul qildi. Oʻyin debyutida Paulo Dibala va Blez Matyuidi tomonidan kiritilgan gollar oʻyin taqdirini hal qildi.

A Seriya, 6-tur

Napoli – Parma 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 4 Insinye, 2:0 – 47 Milik, 3:0 – 84 Milik.

Napoli – Karnezis, Maksimovich, Mariu Ruy, Malkyui, Kulibali, Diavara, Allan, Zelinski (Verdi, 76), Fabian Ruis, Insinye (Mertens, 68), Milik (Una, 85).
Parma – Sepe, Brunu Alvesh, Gobbi, Yakoponi, Galolo, Deyola, Shtulas, Chichiretti (Siligardi, 61), Barilla, Di Gaudio (Sprokati, 78), Ingleze (Cheravolo, 65).
Ogohlantirishlar: Shtulas (33), Brunu Alvesh (50), Barilla (89).

Roma – Frozinone 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 2 Oʻnder, 2:0 – 28 Pastore, 3:0 – 35 El-Shaaravi, 4:0 – 87 Kolarov.

Roma – Olsen, Manolas (Markano, 46), Kolarov, Santon, Fasio, de Rossi (Pellegrini, 82), Nzonzi, Pastore (Dzanolo, 67), Oʻnder, El-Shaaravi, Shik.
Frozinone – Sportyello, Ariaudo, Kapuano, Dzampano, Goldaniga, Chibsa, Begetto, Krisetig, Kassata (Soddimo, 72), Chiano (Kempbell, 72), Pinamonti (Chiofani, 66).
Ogohlantirish: Kempbell (90).

Yuventus – Bolonya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 11 Dibala, 2:0 – 16 Matyuidi.

Yuventus – Perin, Bonuchchi, Benatiya, Joau Kanselu, Bardzali (Aleks Sandro, 86), Bentankur, Kuadrado (Bernardeski, 76), Matyuidi, Pyanich (Djan, 64), Dibala, Ronaldu.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Pas, Deyks (Orsolini, 86), Kalabrezi, Kreychi, Djemaili, Nad, Mbaye, Destro (Santander, 68), Falchinelli (Okvonkvo, 68).
Ogohlantirishlar: Pyanich (33), Pas (36), Larangeyra (67), Kalabrezi (71), Kuadrado (74).

Jenoa – Kyevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 42 Pentek, 2:0 – 54 Pandev.

Jenoa – Radu, Spolli, Krishito, Pedru Pereyra, Biraski, Lazovich (Zukanovich, 74), Romulo, Xilyemark (Massitelli, 78), Kuame, Pentek, Pandev (Bessa, 56).
Kyevo – Sorrentino, Tomovich (Depaoli, 48), Barba, Kachchatore, Rossettini, Xetemay (Birsa, 55), Radovanovich, Rigoni, Djakkerini, Stempinski, Leris (Pellissye, 79).
Ogohlantirishlar: Leris (3), Krishito (12), Kuame (15), Xetemay (30), Pandev (31), Pentek (37), Depaoli (56), Rossettini (85).

Kalyari – Sampdoriya 0:0 (0:0, 0:0)

Kalyari – Krano, Klavan, Pizakane (Andreolli, 86), Srna, Kastro, Padoin, Joao Pedro (Ionise, 64), Chigarini (Bradarich, 64), Barella, Pavoletti, Farias.
Sampdoriya – Audero, Kolli, Murru, Bereshinski, Andersen, Prat (Yankto, 80), Ekdal, Ramires (Linetti, 62), Barreto, Kualyarella (Kovnaski, 85), Defrel.
Ogohlantirishlar: Chigarini (22), Bereshinski (30), Ramires (59), Prat (76).

Atalanta – Torino 0:0 (0:0, 0:0)

Atalanta – Berisha, Masyello, Palomino, Gosens, Toloi, Rigoni (Ilichich, 63), Froyler (Pashalich, 72), Gomes, de Ron, Xatebur, Sapata (Tumminello, 84).
Torino – Sirigu, Nkulu, Isso, Ayna, de Silvestri (Lukich, 77), Paridjini (Berenger, 70), Bazelli (Dzadza, 89), Meyte, Rinkon, Djidji, Belotti.
Ogohlantirishlar: Meyte (31), Palomino (48), Tumminello (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. “Yuventus” oʻzida “Bolonya”ni magʻlub etdi, “Roma” va “Napoli”da yirik gʻalaba