21:22 / 27.09.2018
4 187

“Paxtakor” “Qoʻqon-1912”ni yirik hisobda yengib finalchiga aylandi

“Paxtakor” “Qoʻqon-1912”ni yirik hisobda yengib finalchiga aylandi
Oʻzbekiston Kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Uchrashuvning debyutidayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi: Eldor Suyunov toʻpni zarb bilan tepganidan soʻng, unga Dragan Cheran boshi bilan zarba berib Tiago Bezerrani qulay vaziyatga olib chiqdi. Jarima maydoniga yorib kirgan braziliyalik hujumchi oʻzining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Biroq qoʻqonliklar bu golga tezda javob qaytardilar: Javohir Siddiqov dribling bilan raqib futbolchilarini birma-bir aldab jarima maydoniga yorib kirdi, uni Dilshod Rahmatullayev qoʻpollik bilan toʻxtatib qolishga majbur boʻldi. Penaltini Murod Xolmuhamedov aniq bajarib, muvozanatni tikladi.

21-daqiqada mezbonlarning himoyadagi beparvoliklari qimmatga tushdi: Rahmatullayev jarima maydonidan chiqib kelgan toʻpni oʻziga oʻnglab oldi va chiroyli zarba bilan toʻpni toʻqqizlik burchakka joylab qoʻydi.

Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtda Jaloliddin Masharipov chap qanotdan raqib jarima jarima maydoniga yorib kirdi va toʻpni darvozabon maydonchasiga uzatdi, u yerda nazoratsiz qoldirilgan Ismoil Gonsalvesh yaqin masofadan gol urdi.

Ikkinchi boʻlimda mehmonlar katta ustunlikka ega boʻlishdi va bu hisobda ham aks etdi. 66-daqiqada Masharipov qanotdan uzatib berilgan toʻpni boshi bilan boʻsh darvozaga joylab qoʻydi.

77-daqiqada Bezerra oʻyindagi dublini nishonladi va hisobni 1:5 koʻrinishiga keltirib qoʻydi. Oʻyin yakunlanishi arafasida Suxrob Berdiyev raqib jarima raqib maydoni ichida belgilangan erkin zarbani golga aylantirdi: darvoza toʻsiniga tegib qaytgan toʻp, Igor Sergeyevga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” uzoq yillik tanaffusdan soʻng Qoʻqon shahridan gʻalaba bilan qaytadigan boʻldi va “sherlar” ilk finalchiga aylanishdi.

Oʻzbekiston Kubogi, yarim final

“Qoʻqon-1912” – “Paxtakor” 2:5 (1:3, 1:1)

Gollar:
0:1 – 1 Bezerra, 1:1 – 6,penalti Xolmuhamedov, 1:2 – 21 Rahmatullayev, 1:3 – 45+1 Gonsalvesh, 1:4 – 66 Masharipov, 1:5 – 77 Bezerra, 2:5 – 90+1, avtogol Sergeyev.

“Qoʻqon-1912”: Oʻtkir Yusupov, Gʻiyos Komilov (Suhrob Berdiyev, 46), Javohir Sidiqov, Firdavs Asadov (Behruz Saʼdillayev, 70), Oybek Rustamov, Quvondiq Roʻziyev (Bahodir Akramov, 70), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Iqbol Malikjonov (Nosirbek Otaqoʻziyev, 46), Muhammadanas Hasanov (Darko Gojkovich, 58).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod Aʼzamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Vladimir Kozak, 72), Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskanderov, 81), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 81), Dragan Cheran (Bahrom Abdurahimov, 82), Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra (Igor Sergeyev, 78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” “Qoʻqon-1912”ni yirik hisobda yengib finalchiga aylandi