21:48 / 29.09.2018
3 236

APL. “Arsenal”, “Manchesteyer Siti” hamda “Lester”da bir xil hisobdagi gʻalabalar

APL. “Arsenal”, “Manchesteyer Siti” hamda “Lester”da bir xil hisobdagi gʻalabalar
Angliya chempionatining 7-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻz nihoyasiga yetdi. Ularda turli natijalar qayd etildi.

Jumladan, grandlarning bari bir xil hisobdagi gʻalabalarga erishdilar. “Manchester Siti“ oʻzida “Brayton“ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishdi. Sterling hamda Aguero gollarga mualliflik qildilar.

“Arsenal” ham shuningdek muxlislari qarshisida “Uotford”ga javobsiz ikkita gol urdi. Ketkartning avtogoli hamda Oʻzilning toʻpi yakunda Emeri jamoasiga navbatdagi gʻalabani taqdim etdi.

Bundan tashqari, ”Tottenxem” safarda “Xaddersfild” mehmoni boʻlib, Keynning dubli evaziga zafar quchdi.

Qizigʻi shundaki, qolgan oʻyinlarda ham qaysidir jamoa 2:0 natijasi bilan bilan gʻalaba qozondi va faqat birgina oʻyinda 3:0 hisobi qayd etildi.

Angliya chempionati, 7-tur

Manchester Siti – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 29 Sterling, 2:0 – 65 Aguero.

Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Zinchenko, Silva (Foden, 88), Fernandino, Sterling, Bernardu Silva, Sane (Marez, 71), Aguero (Gabriel Jezus, 66).
Brayton – Rayan, Dank, Bong, Montoyya, Daffi, Kayyal, Propper, Bissuma, Knokert (Djaxanbaxsh, 78), March (Iskyerdo, 83), Lokadiya (Myurrey, 73).

Ogohlantirishlar: Knokert (9), Daffi (42), Montoyya (87).

Nyukasl – Lester 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 30, penalti Vardi, 0:2 – 73 Maguayr.

Nyukasl – Dubravka, Klark, Lassels, Yedlin (Mankilo, 80), Atsu, Ritchi (Merfi, 65), Shelvi, Diame, Kenedi, Peres (Muto, 69), Xoselu.
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti, Mendi, Meddison (Iborra, 85), Ixeanacho, Vardi (Olbrayton, 74).

Everton – Fulxem 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 56 Sigurdsson, 2:0 – 66 Tosun, 3:0 – 89 Sigurdsson.

Everton – Pikford, Kin, Din, Kenni, Zuma, Sigurdsson, Guye, Uolkott, Devis, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Tosun, 55).
Fulxem – Bettinelli, Odoi, Brayen, Fosu-Mensa (Kristi, 8), Rim, Shyurrle, Zambo-Angissa, Seri (Ayite, 84), Sessenon, Mitrovich, Vyetto (Kerni, 64).

Ogohlantirishlar: Kristi (29), Odoi (51), Mitrovich (53).

Vulverxempton – Sautgempton 2:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 79 Kavaleyru, 2:0 – 87 Kastro.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro, Bennett, Diogu Jota (Kavaleyru, 77), Moutinyu, Elder Koshta (Traore, 53), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes (Leo Bonatini, 90).
Sautgempton – Makkarti, Vestergor, Bertran, Soaresh, Xudt, Elyunussi (Armstrong, 71), Xeybyerg, Lemina, Redmond, Ostin (Gabbyadini, 77), Ingz.

Ogohlantirishlar: Bertran (50), Diogu Jota (51), Kastro (57), Traore (74).

Arsenal – Uotford 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 81, avtogol Ketkart, 2:0 – 83 Ozil.

Arsenal – Chex (Leno, 45), Mustafi, Monreal, Belyerin, Xolding, Ozil, Djaka, Torreyra, Remzi (Ivobi, 63), Obameyang (Uelbek, 77), Lyakazett.
Uotford – Foster, Ketkart, Xolebas, Mark Navarro (Femeniya, 84), Kabasele, Xyuz, Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey (Saksess, 72).

Ogohlantirishlar: Dini (31), Torreyra (45), Mustafi (62), Dukure (79).

Xaddersfild – Tottenxem 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar:
0:1 – 25 Keyn, 0:2 – 34, penalti Keyn.

Xaddersfild – Lessl, Shindler (Mbenza, 71), Kongolo (Xaderdjonay, 29), Leve, Yorgensen, Pritchard (Munye, 85), Muy, Xogg, Billing, Durm, Depuatr.
Tottenxem – Gassaniga, Alderveyreld, Vertongen (Vanyama, 46), Rouz, Sanches, Dembele (Uinks, 46), Dayer, Lukas Moura, Trippyer, Son Xыn Min, Keyn.

Ogohlantirishlar: Yorgensen (44), Rouz (67), Uinks (81), Billing (86).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Arsenal”, “Manchesteyer Siti” hamda “Lester”da bir xil hisobdagi gʻalabalar