00:30 / 30.09.2018
3 491

“Yuventus” Turinda “Napoli” ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi

“Yuventus” Turinda “Napoli” ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi
Italiya chempionatining 7-turidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Napoli” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Alyans Stedium”da boʻlib oʻtgan markaziy oʻyinda turinliklar irodali gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Oʻyin debyuti mehmonlar uchun omadli keldi: 10-daqiqada Dris Mertens jamoasining kombinatsiyasini aniq zarba bilan muvaffaqiyatli yakunladi.

26-daqiqada Krishtianu Ronaldu chap qanotdan tezlik oldi va toʻpni jarima maydoni markaziga uzatdi, u yerda Mario Manjukich boshi bilan toʻpni darvozaga joylab qoʻydi.

Ikkinchi boʻlim debyutida endi turinliklar omadli hararakat qilishdi: raqib maydoni tomonda toʻpni qabul qilib olgan Ronaldu uzoq masofadan zarba berdi, biroq toʻp darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan toʻpni Manjukich boʻsh qolgan darvozaga joylab, jamoasining ikkinchi golini urdi.

58-daqiqada neapolliklar kamchilik boʻlib qolishdi, Mariu Ruy maydon markazida Paulo Dibalaga nisbatan juda qoʻpol oʻynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Chetlatishdan soʻng mehmonlar bir nechta xavfli hujum tashkil qilishga erishdilar, lekin ular samara bermadi.

76-daqiqada mezbonlar standart vaziyatdan unumli foydalanishdi: burchakdan uzatib berilgan toʻpga Ronaldu boshi bilan zarba berdi, Lernardo Bonuchchi esa toʻpni darvoza tomon burib yuborib, jamoasining uchinchi golini urdi. Qolgan daqiqalarda hisob oʻzgarmadi.

Shu tariqa, “Yuventus” A Seriyadagi gʻalabali seriyasini davom ettirdi va 21 ochko bilan yaqqol peshqadam boʻlib turibdi.

A Seriya, 7-tur

Yuventus – Napoli 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Mandjukich, 2:1 – 49 Mandjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi.

Yuventus – Shchensni, Kyellini, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Bonuchchi, Pyanich, Matyuidi, Djan (Bentankur, 62), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 64), Mandjukich (Kuadrado, 84).

Napoli – Ospina, Albiol, Xyusay, Mariu Ruy, Kulibali, Zelinski (Malkyui, 61), Gamshik (Fabian Ruis, 70), Insinye, Allan, Kalyexon, Mertens (Milik, 61).
Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (24), Kulibali (40), Xyusay (55), Bonuchchi (60), Insinye (60), Joau Kanselu (69), Aleks Sandro (85).
Chetlatish: Mariu Ruy (58).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” Turinda “Napoli” ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi