01:04 / 30.09.2018
3 271

“Liverpul” 89-daqiqada magʻlubiyatdan qutulib qoldi

“Liverpul” 89-daqiqada magʻlubiyatdan qutulib qoldi
Angliya chempionatining 7-tur markaziy bahsida gʻolib nomini aniqlab bermadi. “Chelsi” oʻyinda hisobni ochgan boʻlsada ustunlikni 89-daqiqadgacha saqlay olmadi.

Oʻyin juda ham shiddatli kurashlar ostida boshlanib butun oʻyin davomida kurashlarga boy boʻldi. Qoʻpolliklarga kam haqiqiy futbol desak ham boʻladi. Ilk golni Mateo Kovachichning pasidan keyin yana oʻsha Eden Azar jarima maydoniga kirib gol urdi. Shu tariqa birinchi boʻlim tugadi. Har ikki jamoada toʻp kiritish uchun imkoniyatlar boʻldi. Zahiradan maydonga tushgan “Chelsi” sobiq futbolchisi Daniel Starrij 89-daqiqada ajoyib zarbasi bilan yangi jamoasining joniga oro kirdi.

Shu tariqa “Liverpul” va “Chelsi” ham chempionatdagi magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Angliya chempionati 7-tur

“Chelsi” – “Liverpul” 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 25 Azar, 1:1 – 89 Starridj.

“Chelsi” – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Jorjino, Kante, Villian (Mozes, 73), Kovachich (Barkli, 81), Azar, Jiru (Morata, 65).

“Liverpul” – Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, Xenderson (Keyta, 78), Veynaldum, Milner (Starridj, 86), Mane, Salax (Shakiri, 66), Firmino.

Ogohlantirishlar: Mane (39), Milner (77).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” 89-daqiqada magʻlubiyatdan qutulib qoldi