14:25 / 30.09.2018
3 568

Elnur Abduraimov professional boksdagi debyutida gʻalaba qozondi

Elnur Abduraimov professional boksdagi debyutida gʻalaba qozondi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi birinchi jangini oʻtkazdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berishicha, debyut bahsda Abduraimovga amerikalik bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. Oʻzbekistonlik bokschi ushbu jangda raqibini nokautga uchratib, prof ringdagi faoliyatini gʻalaba bilan boshladi.

Maʼlumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12ta jang oʻtkazgan. Ularning 4tasida gʻalaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan (5tasi nokaut).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov professional boksdagi debyutida gʻalaba qozondi