Fransiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston sharafini afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina himoya qilmoqda.
U bugun tayanib sakrash mashqlarida chiqish qildi va eng yuqori ballni toʻplab, oltin medal sohibasiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Kanada va Sloveniya terma jamoasi aʼzolariga nasib qildi.
Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun muhim boʻlgan reyting ochkolarini taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda 43 yoshda boʻlgan Oksana Chusovitina 2016 yili, 41 yoshda ekanida Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.
1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 yillarda oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Chusovitina yaqinda Jakartada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida tayanib sakrash boʻyicha bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi