Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovga nimalar dedi?

  • 01 oktyabr 2018, 19:27
  • 2 791
  • Sport
  • Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovga nimalar dedi?
    Aralash qoidalar boʻyicha ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yengil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi oʻtkaziladigan jang oldidan yana bir bor oʻz fikrini bildirdi.

    “Men besh raundli jangga tayyorman. Istalgan ssenariy ostida kechadigan jangga oʻzimni tayyorlab boryapman. Mashgʻulotlarda astoydil ishladim. Oʻzimga va gʻalabamga ishonaman.

    Xabib, sen boshingni mening chap qoʻlda beradigan sevimli uslubdagi zarbamdan himoya qil. Aqlsiz boshingni asra”, – degan Konor oʻz uslubidagi navbatdagi intervyusida.

    Aralash qoidalar boʻyicha yengil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov esa irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi koʻrayotgan tayyorgarligi haqida gapirdi.

    – Men uni kamtar boʻlishga majbur qilaman. Unga saboq berib qoʻyaman va bu darsni u uzoq vaqt eslab yuradi. Shunda men uni savollarga tutaman: “Ey, qani sening avtobusing, jamoang qani? Ularning hammasini yordamga chaqir. Dana Uaytdan yordam soʻra. Men barcha rejalaringni buzib tashlayman”.

    Men oʻzimga ishonaman. Matbuot anjumanida uning koʻzlariga qaraganda qoʻrquvdan boshqa narsani koʻrmadim. Shunchaki, piyonista bir majruh odamni koʻrgandek boʻldim. Qasam ichaman, boshqa hech narsa koʻrmadim. U tinmay asabiylashardi. Bu esa qoʻrquvning ilk alomati, – dedi Nurmagomedov.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovga nimalar dedi?