11:14 / 02.10.2018
4 066

Ronalduning “Real”dan ketishi sabablari maʼlum boʻldi

Ronalduning “Real”dan ketishi sabablari maʼlum boʻldi
Ispaniya OAV lari Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ronalduning klubni tark etishi sabablarini maʼlum qildi, deya xabar qildi Darakchi nashri.

El Mundo Deportivo nashri yozishicha, portugaliyalik futbolchini rahbariyat tomonidan qilingan “adolatsizligi” dilini siyoh qilgan.

Birinchidan, Ronaldu Ispaniya gʻaznachiligi tomonidan oʻzini soliq toʻlashdan bosh tortganlikda ayblaganlaridan gʻazabga kelgan.

Ikkinchidan, besh karra “Oltin toʻp” sohibi klub uning maoshini koʻtarishdan bosh tortganidan tang ahvolda qolgan, axir, shu orqali u soliq masalasini hal etishi mumkin edi. Binobarin, Krishning oylik maoshi “Barselona”ning Messisi, hatto Neymarnikidan ham kam boʻlgan.

Uchinchidan, klubning atoqli futbolchilari qatorida Ronaldu yoʻq edi.

Shu tarzda 33 yoshli Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga oʻtib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning “Real”dan ketishi sabablari maʼlum boʻldi