18:41 / 02.10.2018
4 366

Nurmagomedov: piyonista va giyohvand Makgregor qanday jang qilishini tushunmayapman

Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan mojaroli matbuot anjumaniga izoh berdi.


Tadbir davomida Makgregor bir stakan spirtli ichimlik ichdi va rossiyalikka ichishni taklif qildi, ammo Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni bosh tortdi.


“Matbuot anjumanida u oʻzini xuddi piyonistadek tutdi. Bu ahmoqlik. Juda qiziq. Sen ichkilikbozlik bilan shugʻullanib, giyohvand moddalar qabul qilsang, qanday qilib jang qilmoqchisan? Qanday qilib 25 daqiqa turib bermoqchisan? Bu boks emas, oshna. Men har doim aloqada boʻlishni moʻljallayapman. Bu Neyt Dias bilan masofadan turib jang qilish emas, balki butunlay boshqacha narsa”, - deya Nurmagomedovning soʻzlarini keltiradi ESPN.


Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda boʻlaklarga sochilib ketishi haqida maʼlum qilgandi.


Manba: Kun.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov: piyonista va giyohvand Makgregor qanday jang qilishini tushunmayapman