20:51 / 02.10.2018
3 128

“Lokomotiv” safarda “Buxoro”ni magʻlub etdi

Pepsi Superliga 25-turidan oʻrin olgan “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Buxoroda boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Uchrashuv debyutida Temurxoʻja Abduholiqov Shuhrat Muhammadiyevning uzatmasidan soʻng hisobni ochdi. Oradan uzo qvaqt oʻtmay Sanjar Shoahmedov oʻng qanotdan havolatib uzatilgan toʻpni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi, bu safar ham golli pas Muhamadiyev hisobiga yozildi.

Birinchi boʻlim tugashi arafasida Salamat Qutiboyev hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻlgan boʻla, 68-daqiqada Abduxoliqov dublini nishonlab oʻyinga mantiqiy nuqtani qoʻydi.

Shu tariqa, “Lokomotiv” chempionatdagi gʻalabali yurishini davom ettiradigan boʻldi.

Pepsi Superliga 25-tur

“Buxoro” – “Lokomotiv” 1:3 (1:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 7 Abduxoliqov, 0:2 – 19 Shoahmedov, 1:2 – 39 Qutiboyev 39, 1:3 – 68 Abduxoliqov.

«Buxoro: 1. Akmal Tursunboyev, 3. Bobirjon Amonov, 7. Arslonmurot Amonov (77. Javohir Qahramonov, 52), 9. Salamat Qutiboyev (86. Aziz Ibragimov, 65), 10. Shavkat Salomov, 11. Sanʼat Shixov, 15. Bexruz Shodmonov, 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov, 28. Ergash Ismoilov, 80. Vadim Chemirtan (22. Shaxboz Erkinov, 46).

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 9. Ikrom Aliboyev, 10. Marat Bikmayev (74. Alisher Shogʻulomov, 84), 11. Temurxoʻja Abduholiqov (19. Husniddin Gʻofurov, 73), 20. Islom Toʻxtaxoʻjayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 55. Anzur Ismoilov, 77. Diyorjon Turopov (14. Azizbek Amonov, 78).

Ogohlantirishlar: Igor Yelich 40, Boburjon Omonov 66.


Manba: www.uff.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv” safarda “Buxoro”ni magʻlub etdi