08:00 / 03.10.2018
3 717

Bahodir Jalolovning professional ringdagi 3-raqibi ham maʼlum boʻldi

Professional boksning ogʻir vazn toifasida (+91 kg) muvaffaqiyatli start olgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov oktyabr oyi soʻnggida yana ringga koʻtariladi.

29 sentyabr kuni oʻzining professional ringdagi ikkinchi jangini oʻtkazib, meksikalik Eduardo Vitelani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Navbatdagi jang esa 27 oktyabr sanasiga belgilangan. Nyu-Yorkdagi muhtasham “Madison Square Garden” arenasida boʻlib oʻtadigan toʻqnashuvda Bahodirga amerikalik Tirell Rayt raqiblik qiladi. Jang 6 raund etib belgilangan.

Bu bokschi 2012 yildan beri professional ringda faoliyat yuritib keladi va bu vaqt ichida 13 ta jang oʻtkazib, 9 gʻalaba (6 nokaut), 2 durang va 2 magʻlubiyat qayd etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolovning professional ringdagi 3-raqibi ham maʼlum boʻldi