YECHLda sensatsiya. “Real” SSKAga yengildi, “MYU” va “Bavariya” ochko yoʻqotdi

  • 03 oktyabr 2018, 09:35
  • 1 811
  • Sport
  • ЕЧЛда сенсация. "Реал" ЦСКАга енгилди, "МЮ" ва "Бавария" очко йўқотди
    Chempionlar ligasi 2-turining navbatdagi oʻyinlari oʻtkazildi.

    SSKA maydoniga safar qilgan “Real Madrid” kutilmaganda magʻlubiyatga uchradi. Oʻyindagi yagona gol 2-daqiqada Vlashich tomonidan kiritildi.

    “Manchester Yunayted” esa oʻz maydonida “Valensiya”ni qabul qilib, golsiz durang qayd etdi.

    “Bavariya” ham oʻz maydonida “Ayaks”ga qarshi kechgan oʻyinda ochko yoʻqotdi – 1:1. 4-daqiqada Xummels mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, Mazraui 22-daqiqada gol kiritib, jamoasiga durang olib keldi.

    SSKA Rossiya – Real Madrid Ispaniya 1:0

    Gol:
    1:0 – 2 Vlashich.

    SSKA – Akinfeyev, Chernov, Nababkin, Fernandes, Rodrigo Bekao, Dzagoyev (Yefremov, 65), Axmetov, Oblyakov (Kыrnas, 90), Biyol, Vlashich, Chalov (Sigurdsson, 78).
    Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal (Odriosola, 43), Nacho, Kroos, Kazemiro (Modrich, 58), Vaskes (Dias, 58), Sebalos, Asensio, Benzema.
    Ogohlantirishlar: Biyol (66), Oblyakov (90), Akinfeyev (90).
    Chetlatish: Akinfeyev (90).

    Manchester Yunayted Angliya – Valensiya Ispaniya 0:0

    Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Valensiya, Smolling, Pogba, Matich, Fellayni, Sanches (Marsyal, 76), Reshford, Lukaku.
    Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Pichchini, Garay, Parexo, Koklen (Soler, 78), Kondogbia, Gedesh (Cherыshev, 83), Batshuayi (Gameyro, 73), Rodrigo.
    Ogohlantirishlar: Koklen (21), Rodrigo (32), Parexo (45), Pichchini (85), Lukaku (86), Gayya (87), Kondogbia (90).

    Bavariya Germaniya – Ayaks Niderlandiya 1:1

    Gollar:
    1:0 – 4 Xummels, 1:1 – 22 Mazraui.

    Bavariya – Noyer, Boateng, Alaba, Kimmix, Xummels (Zyule, 90), Alkantara, Martines, Robben (Xames, 62), Riberi (Gnabri, 74), Levandovski, Myuller.
    Ayaks – Onana, Blind, Veber, de Ligt, Mazraui, Ziyesh, Shene, Tadich, van de Bek (de Vit, 75), Neres (Dolberg, 85), Talyafiko.
    Ogohlantirishlar: van de Bek (21), Martines (40), Blind (51), Xames (78), Gnabri (88).

    Roma Italiya – Viktoriya Plzen Chexiya 5:0

    Gollar:
    1:0 – 3 Jeko, 2:0 – 40 Jeko, 3:0 – 64 Under, 4:0 – 73 Klyuyvert, 5:0 – 90 Jeko.

    Roma – Olsen, Jezus, Fasio, Kolarov (Pellegrini, 74), Florensi, Kristante, Nzonzi, Under (Dzanolo, 74), Pellegrini (Shik, 74), Klyuyvert, Jeko.
    Viktoriya Plzen – Kozachik, Geyda, Limberski, Rjeznik, Gubnik, Proxazka, Groshovski, Gorshava (Kolarj, 64), Zeman (Ekpay, 71), Kovarjik, Krmenchik (Rjeznichek, 78).
    Ogohlantirishlar: Geyda (51), Shik (88).

    Lion Fransiya – Shaxter Ukraina 2:2

    Gollar:
    0:1 – 44 Morayes, 0:2 – 55 Morayes, 1:2 – 70 Dembele, 2:2 – 72 Dyubua.

    Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Mendi, Dyubua, Denayer, Auar, Ndombele (Diop, 87), Traore (Depay, 63), Tuzar, Fekir, Dembele (Korne, 81).
    Shaxter – Pyatov, Krivsov, Ismaili, Matviyenko, Rakiskiy, Stepanenko, Alan Patrik (Kovalenko, 75), Tayson, Marlos (Fernando Pedro, 90), Maykon, Morayes (Kayode, 83).
    Ogohlantirish: Fekir (46).

    AYEK Gretsiya – Benfika Portugaliya 2:3

    Gollar:
    0:1 – 6 Seferovich, 0:2 – 15 Grimaldo, 1:2 – 53 Klonaridis, 2:2 – 63 Klonaridis, 2:3 – 74 Alfa Semedu.

    AYEK – Barkas, Chigrinskiy, Ikonomu (Chosich, 68), Xult, Bakakis, Mantalos, Simoynsh (Rodrigo Galo, 79), Bakasetas, Galanopulos, Klonaridis, Ponse (Yakumakis, 60).
    Benfika – Vlaxodimos, Diash, Grimaldo, Andre Almeyda, Konti, Jedson Fernandesh, Feysa, Salvio (Lema, 46), Pissi (Alfa Semedu, 62), Rafa Silva (Servi, 84), Seferovich.
    Ogohlantirishlar: Diash (8), Ponse (34), Bakasetas (40), Andre Almeyda (79), Grimaldo (90).
    Chetlatish: Diash (45).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » YECHLda sensatsiya. “Real” SSKAga yengildi, “MYU” va “Bavariya” ochko yoʻqotdi