20:31 / 03.10.2018
3 075

“Paxtakor” Bekobodda “Metallurg”ni yirik hisobda yengdi

“Paxtakor” Bekobodda “Metallurg”ni yirik hisobda yengdi
Superliganing 25-turida “Paxtakor” klubi safarda “Metallurg” futbolchilari bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda mehmonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalari keskin kurashlarga boy boʻldi. Birinchi boʻlimning oxirida “Paxtakor” yarim himoyachisi Masharipov raqibini aldab oʻtib, Sayfiyevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Farruh esa imkoniyatdan unumli foydalandi. 69-daqiqada Ahmadovning oshirgan toʻpidan soʻng raqib posboni bilan birga-bir qolgan Igor darvozani aniq nishonga oldi. Asosiy vaqtning soʻnggi daqiqasida Sergeyev dubl qayd etib qoʻydi. Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasining soʻnggi yigʻiniga chaqirilmagan Sergeyev dubl qayd etmoqda.

Superliga 25-tur

“Metallurg” - “Paxtakor” 0:3 (1:0, 2:0)

Gol:
Farrux Sayfiyev 43, - 0:1 (Jaloliddin Masharipov), Igor Sergeyev 69, - 0:2 (Jahongir Ahmadov), Igor Sergeyev 90, - 0:3

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toshqoʻziyev, 67), Jasur Hasanov, Davronbek Umirov (Muhammad Isayev, 46), Sherzod Fayziyev, Xudoyshukur Sattorov, Bahodir Pardayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko (Doniyor Hoshimov, 76), Otabek Zokirov

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod Aʼzamov, Jahongir Ahmadov (Jamshid Iskanderov, 75), Azimjon Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Bahrom Abdurahimov, 71), Yegor Krimes, Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran (Vladimir Kozak, 90+1), Igor Sergeyev

Ogohlantirishlar: Pavel Smolyachenko 63, Yegor Krimes 79

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” Bekobodda “Metallurg”ni yirik hisobda yengdi