08:57 / 04.10.2018
3 676

Shota Arveladze: “Paxtakor” hozir yaxshi formada

Шота Арвеладзе: "Пахтакор" ҳозир яхши формада
PEPSI Superliga 25-turi doirasidagi “Metallurg” – “Paxtakor” uchrashuvidan soʻng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirdi.

"Hozir ancha yaxshi formaga kirib olganmiz. Bugungi oʻyinni ham yaxshi oʻtkaza oldik. Koʻplab xavfli vaziyatlar yaratyapmiz. Ayniqsa, bugun standart vaziyatlarda juda yaxshi harakat qila oldik.

Deyarli barcha burchak toʻplaridan soʻng darvoza tomon zarba berishning uddasidan chiqdik. Umuman olganda, butun oʻyinni nazorat qildik va yakunda haqli ravishda gʻalaba qozondik", - dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Paxtakor” hozir yaxshi formada