10:23 / 04.10.2018
3 932

Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yoʻq qilib tashlamoqchi

Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yoʻq qilib tashlamoqchi
Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov murabbiysi Ali Abdul-Azizning irlandiyalik Konor Makgregor bilan yuzaga kelgan mojarosiga izoh berdi.

“Men siyosatchi emas, balki professional jangchiman. Agar Konorda menejerim bilan muammo boʻlsa, u bilan gaplashib olishi mumkin. Hatto u bilan jang qilish imkoniyatiga ham ega. Alida Renso Greysidan (MMA va jiu-jitsuning braziliyalik jangchisi) qora belbogʻ bor. U Konorni aniq boʻgʻib qoʻyadi”, - deya rossiyalikning soʻzlarini keltiradi BJ Penn.

Shuningdek, Nurmagomedovning taʼkidlashicha, Makgregorning oilasi va jamoasini oʻzaro kelishmovchilikka aralashtirishni moʻljallamayapti.

“Menda u bilan muammo bor. Men u bilan jang qilaman. Uni magʻlub etishni emas, balki chaplab tashlashni xohlayman. Uning yuragi, ongini yoʻq qilishni. Biz haqiqiy chempion va shoh kim ekanligini bilib olamiz”, - deya xulosa qildi u.

Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval oʻzbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yoʻq qilib tashlamoqchi