10:53 / 05.10.2018
5 514

Nurmagomedov Makgregor bilan jang oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanda raqibini kutib oʻtirmadi

Nurmagomedov Makgregor bilan jang oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanda raqibini kutib oʻtirmadi
UFC chempioni kamari sohibi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanni raqibining kechikayotgani sababli u boshlangandan 15 daqiqa oʻtib tark etdi.

Matbuot anjuman davomida savollarga faqat Nurmagomedovning oʻzi va UFC prezidenti Deyna Uayt javob bergan. Irlandiyalik esa rossiyalik jangchi ketgandan 10 daqiqa oʻtib kelgan va tirbandliklar sababli kech qolganini aytgan.

“Muxlislarga katta rahmat, ularsiz bu jang boʻlmasdi. Biroq men bu bolani 15 daqiqadan beri kutmoqdaman, u esa hamon yoʻq. Bu hurmatsizlikdir. Ertaga vazn oʻlchash marosimida uchrashamiz”, deb aytgan Nurmagomedov ketishidan avval.

Nurmagomedov va Makgregor oʻrtasidagi jang 6 oktyabrda Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov Makgregor bilan jang oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanda raqibini kutib oʻtirmadi