12:56 / 05.10.2018
5 902

Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun 100 mln dollar olishi mumkin

Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun 100 mln dollar olishi mumkin
Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Mutlaq jangchilar chempionati (UFC)ning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jang uchun 100 million dollar olishi mumkin.

Bu haqda UFC prezidenti Dena Uayt xabar bergan. Uning soʻzlari TMZ axborot portali tomonidan keltirildi.

UFC rahbarining fikricha, Makgregorga pul mukofoti irlandiyalik jangchi Floyd Meyuezer bilan bahs uchun olgan puldan ortiq boʻlishi mumkin. Jang Las-Vegasda boks qoidalariga muvofiq oʻtkazildi va amerikalik oʻninchi turda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi. Meyuezer jang uchun 275 million dollar, Makgregor - 85 million dollar oldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Konor Makgregor Habib Nurmagomedovni Las-Vegasda 6 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan jang vaqtida oʻldirishni rejalashtirganini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun 100 mln dollar olishi mumkin